Jamiyat
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ respublika hududida keskin anomal issiq ob-havo kuzatilayotgani sababli poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatilishini maʼlum qildi.
Xabarga koʻra, harorat koʻtarilishi natijasida yer usti temir yoʻllarining relslari hamda ularning poʻlat qismlarida harorat juda yuqori boʻladi. Tezlikka qoʻyilayotgan cheklovlar esa yoʻlovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini taʼminlash uchundir.
Shuningdek, taʼkidlanishicha, harakat tezligiga cheklovlar oʻrnatilgan poyezdlarda sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.
Bundan tashqari, harakat jadvalida ham kichik oʻzgarishlar kuzatilishi, yaʼni poyezdlar vokzallarga yetib kelish vaqtidan kechikishi mumkin.
“ʼOʻztemiryoʻlyoʻlovchiʼ AJ oʻz mijozlaridan, anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan noqulayliklar uchun uzr soʻraydi. Yoʻlovchilar xavfsizligi biz uchun har doim birinchi oʻrinda!”, deyiladi xabarda.
Oldinroq Oʻzgidromet 5 kun davomida Oʻzbekistonda juda issiq ob-havo boʻlishi haqida ogohlantirgan edi.
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111121
Jamiyat
94525
Jamiyat
90471
Jamiyat
74596
Jamiyat
//
Izoh yo‘q