Bugundan boshlab havo keskin koʻtariladi

Saqlash
14:16 / 25.07.2024 5412 0

Oʻzgidromet bergan maʼlumotga koʻra, joriy yilning 25–29-iyul kunlari Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha juda issiq ob-havo boʻlishi kutilmoqda.

 

Jumladan, respublika hududining katta qismida (Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari) havo harorati kunduz kunlari 40-43 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda 44-45 darajagacha koʻtariladi.

 

Baʼzi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ayrim joylarda baʼzida 20-23 m/s gacha kuchayishi, chang — toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Ob-havoning keskin isib ketishi ayniqsa bolalar, qariyalar va bemorlarga ogʻir taʼsir qilishi aytilmoqda.

 

FVVning maʼlum qilishicha, hatto sogʻlom odamlar ham baʼzi bir qoidalarga rioya etishlariga toʻgʻri keladi.

 

Maʼlumot uchun, quyosh urishi ochiq havoda, toʻgʻri tushadigan quyosh nurlari ostida sodir boʻladi, lekin issiq taʼsir qilgandan soʻng 6-8 soat oʻtib ham boshlanishi mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//