Prezident tugʻilgan kuni munosabati bilan tabriklagan barchaga minnatdorlik bildirdi

Saqlash
15:22 / 25.07.2024 391 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 67 yoshni qarshilagani munosabati bilan yoʻllangan tabriklarga minnatdorlik bildirdi.

 

“Tavallud kunim munosabati bilan chin dildan qutlab, oʻzlarining samimiy tabriklari va ezgu tilaklarini yoʻllagan xorijiy davlatlar, hukumat va parlamentlar rahbarlari, siyosat va jamoat arboblari, ishbilarmon doiralar vakillariga, xalqaro tashkilotlar yetakchilariga, yurtimizdagi mahallalar ahli va mehnat jamoalariga, barcha vatandoshlarimga chuqur minnatdorlik izhor etaman.

 

Mening shaʼnimga bildirilgan ushbu tabrik va tilaklarni eng avvalo Oʻzbekiston xalqi va davlatiga yuksak hurmat va ehtirom, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarga va yurtimizning yorugʻ kelajagiga boʻlgan ishonch ifodasi sifatida qabul qilaman.

 

Fursatdan foydalanib, mehnatkash, bagʻrikeng va olijanob xalqimizga yana bir bor chin yurakdan oʻzimning cheksiz farzandlik mehrim va hurmatimni bildiraman.

 

Ishonchim komil, el-yurtimizning fidokorona mehnati, ulkan bunyodkorlik salohiyati va hamjihatligi bilan Yangi Oʻzbekistonni barpo etish boʻyicha oʻz oldimizga qoʻygan buyuk maqsadlarga albatta yetamiz.

 

Chuqur hurmat bilan Shavkat Mirziyoyev”.

 

Oldinroq Prezident tugʻilgan kunini qanday oʻtkazgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//