Jamiyat
Bugun, 24-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev 67 yoshni qarshiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tugʻilgan kunida ishda, kechki paytni oilasi davrasida kamtarona oʻtkazadi. Bu haqida Gazeta.uz davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadovning soʻzlariga tayanib xabar berdi.
“Davlat rahbari tugʻilgan kunida ishlamoqda, oqshomni esa oilasi davrasida kamtarona oʻtkazadi. Xorijiy davlatlar rahbarlari bilan bir qator telefon muloqotlari ham rejalashtirilgan”, – degan Asadov.
Maʼlum boʻlishicha, Prezident sovgʻalar qabul qilmaydi.
Anʼanaga koʻra, shu kuni xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosiy hamda jamoat arboblaridan yozma tabriknomalar keladi.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112369
Jamiyat
95034
Jamiyat
91230
Jamiyat
75941
Jamiyat
//
Izoh yo‘q