Viloyatliklarni haqoratlagan 20 yoshli qiz 10 sutkaga qamaldi

Saqlash
20:51 / 23.07.2024 600 0

Ijtimoiy tarmoqlarda viloyatliklarni haqorat qilgan qizga Mjtkning tegishli moddalari bilan 10 sutkalik qamoq jazosi tayinlandi.

 

Kun.uz'ning maʼlum qilishicha, sudlanuvchi S.R. 2004-yilda Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tugʻilgan.

 

U shu yilning 20 iyulida Instagram'dagi oʻz sahifasida jonli efir qilib, viloyatliklarni haqoratlagan va axloq qoidalarini mensimagan holda behayo soʻzlarni aytib, viloyatlarda yashovchi aholining shaʼni va qadr-qimmatini qasddan kamsitgan.

 

S.R. mazkur xatti-harakatlari ijtimoiy tarmoq kuzatuvchilarining jiddiy noroziligiga sabab boʻlgan.

 

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazish uchun Chirchiq shahar IIB XPG profilaktika inspektori S.R. ning uyiga kelganida gumonlanuvchi koʻchada baqir-chaqir qilgan holda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzib, mayda bezorilik sodir etgan.

 

Sud jarayonida S.R. haqoratli soʻzlarni viloyatliklarga emas, salbiy fikr bildirgan kuzatuvchilariga javob tariqasida aytib yuborganligini, qilmishidan chin koʻngildan pushaymonligini bildirgan.

 

U barchadan uzr soʻrashini aytgan va suddan oʻziga nisbatan yengillik berishni soʻragan.

 

Jinoyat ishlari boʻyicha Chirchiq shahar sudining qarori bilan S.R. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasida (Mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topilgan va unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

 

Oldinroq viloyatliklarni “qishloqi boʻlib tugʻilganiga ular yigʻlashi kerak” deya kamsitgan ayol jarimaga tortilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//