Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda viloyatliklarni “jirkanchli maxluqot” deya haqorat qilgan ayol jarimaga tortildi.
Maʼlum boʻlishicha, video 2023-yilning oktyabr oyida olingan. 1998-yilda tugʻilgan shaxs (ayol) Instagramʼdagi oʻz sahifasida jonli efir qilgan va ana shu patda mazkur gaplarni gapirgan.
“Qishloqilar odammas, toʻgʻrimi? Jirkanchli maxluqot qishloqilar. Shaharga kelib aqllilik qiladi. Shunday yomon koʻraman. Qishloqi boʻlib tugʻilganiga ular yigʻlashi kerak. Jirkanchli maxluqotlar”, — deya gapirgan u oʻsha vaqtda.
Bugun, 15-iyul kuni Toshkent shahar JIB Mirobod tuman sudida mazkur holat yuzasidan ish koʻrib chiqildi.
Ayol aybiga iqrorligini aytar ekan, buning uchun oldinroq javobgarlikka tortilganini, video eski boʻlib, buni qoʻshtirnoq ostidagi blogerlar tarqatganini maʼlum qilgan
Shuningdek, ayolning bildirishicha, jonli efir vaqtida bir fuqaro uni haqorat qilib, izoh yozgani sabab uni soʻkkan. U aytilgan gaplar faqat aynan oʻsha fuqaroga tegishli ekanini, qolgan viloyatliklarga aytilmaganini taʼkidlagan.
Sud hukmiga koʻra, huquqbuzar ayol MJtKning 41-moddasi (haqorat qilish) bilan aybli deb topilib, unga BHMning 20 baravari (6,8 mln soʻm) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.
Hukm chiqarishda sudlanuvchining ikkinchi guruh nogironi ekanligi inobatga olingan.
Siyosat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q