Ozodbek Nazarbekov aybsiz deb topildi

Saqlash
22:07 / 22.07.2024 729 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “KINGSMAN UZBEKISTAN” kiyimlar doʻkoni haqidagi reklamada Madaniyat vaziri koʻrinish bergani va bu jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab boʻlganidan xabaringiz bor.

 

Raqobat qoʻmitasi mazkur masalaga yakuniy xulosani berdi.

 

Maʼlum boʻlishicha, qoʻmitaning Maxsus komissiyasi tomonidan tegishli tartibda ish qoʻzgʻatilgan boʻlib, yakunda “KINGSMAN UZBEKISTAN” brendi ostida faoliyat koʻrsatuvchi “Boutique” MCHJ “Reklama toʻgʻrisidagi” Qonunning 16-moddasini (yaʼni reklamada tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan maʼqullanganligini koʻrsatish boʻyicha taqiq talablarini) buzgan degan xulosaga kelingan.

 

Shu munosabat bilan, mazkur korxonaga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllash haqida qaror qabul qilingan va qonun buzilishi holatini bartaraf etish va kelgusida takrorlamaslik yuzasidan koʻrsatma berilgan.

 

Maxsus komissiya tomonidan ishni koʻrib chiqish jarayonida Madaniyat vaziri O.Nazarbekovning reklamada reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi yoki reklama tarqatuvchi sifatida ishtirok etganligining alomatlari aniqlanmagan.

 

“O.Nazarbekov tomonidan reklamani oʻz shaxsiy ijtimoiy tarmoqlari va boshqa rasmiy tarmoqlar orqali tarqatmaganligi “Reklama toʻgʻrisidagi” Qonuniga asosan reklamaning aylanishi sohasidagi ishtirokchisi sifatida baholanmaydi”, deyiladi qoʻmitaning qoʻshimcha axborotida.

 

Oldinroq Madaniyat vazirligi Ozodbek Nazarbekovning reklama roligida suratga tushganiga munosabat bildirgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//