Raqobat qoʻmitasi “Korzinka”ga moliyaviy sanksiya qoʻlladi

Saqlash
21:45 / 17.07.2024 517 0

Raqobat qoʻmitasi “Anglesey Food” MCHJ XK(“Korzinka”)ni aybdor deb topshib, mazkur supermarketlar tarmogʻiga nisbatan moliyaviy sanksiya qoʻlladi.

 

Maʼlum boʻlishicha, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha Maxsus komissiyasi aybdor tomonga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllagan.

 

Bundan tashqari, komissiya reklama boʻyicha qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilgan holatlarni bir oylik muddatda bartaraf etish yuzasidan “Korzinka” rahbariyatiga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma bergan.

 

“Shuni alohida taʼkidlab oʻtgan boʻlar edikki, Raqobat qoʻmitasi barcha tadbirkorlik subyekti vakillarini mamlakat iqtisodiyoti va aholining bandligini taʼminlashdagi hissalarini qadrlagan holda, mamlakatimizda mavjud amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan qonuniy faoliyat olib borishlarini va jamiyatimizda demokratik qonuniy muhit shakllanishiga oʻz hissalarini qoʻshishlarini soʻrab qolamiz”, deyiladi qoʻmita xabarida.

 

Oldinroq “Korzinka”ga nisbatan ish qoʻzgʻatilgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//