Hindistonda pora bilan qoʻlga tushgan mansabdor pulni yeyishga majbur boʻldi

Saqlash
21:21 / 15.07.2024 599 0

Hindistonda pora bilan qoʻlga tushgan amaldor politsiya koʻz oʻngida pul yedi.

 

Maʼlum boʻlishicha, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan xabarlarda tasvirlagan voqea 2023-yilda hind qishloqlarining birida sodir boʻlgan.

 

Mahalliy fuqaro huquq-tartibot xodimlariga mansabdor Gajendra Singx ustidan shikoyat qilgan.

 

Uning soʻzlariga koʻra, yer egalaridan soliq yigʻishga masʼul amaldor undan pora talab qilgan.

 

Shundan soʻng politsiya amaldorning iziga tushgan.

 

Mahalliy aholi poraxoʻrning aytgan shartiga koʻngan. Yigʻilgan pullar berilayotgan vaqtda huquq-tartibot xodimlari uni qoʻlga olgan.

 

Qizigʻi, mansabdor politsiya kirib kelgan zahoti pullarni ogʻziga solib, chaynay boshlagan va maʼlum qismini yutib yuborgan.

 

Hodisadan soʻng u shifoxonaga yetkazilgan. Keyin u poraxoʻrlikda ayblanib hibsga olingan.

 

Huquq-tartibot idoralari xodimlari davlat xizmatchisiga nisbatan ish ochgan.

 

Oldinroq hindistonlik erkak har kuni yarim tayyor lagʻmon qilib bergani uchun xotini bilan ajrashgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//