Jahon
Hindistonda erkak har kuni nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun yarim tayyor lagʻmon tayyorlab bergan xotini bilan ajrashdi. Bu haqida The New Indian Express xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, ayol eriga butun turmushi davomida “Maggi” brendidagi lagʻmonlarni damlab beravergan. Bunda u ushbu yarim tayyor mahsulotlarni sotib olib, har ovqat mahali bir xil ishni qaytargan.
Xabarga koʻra, er ajrashish uchun sudga ariza bergan. Yakunda er-xotin oʻzaro rozilik bilan nikoh shartnomasini bekor qilgan.
Erkakning aytishicha, xotini ushbu mahsulotni damlashdan boshqa narsani bilmaydi.
Maʼlumot uchun, bu gʻalati ajrashish arizasi birinchisi emas. Jumladan, turmush oʻrtogʻi bilan gaplashmaslik, tovoqning notoʻgʻri tomoniga tuz qoʻyish, notoʻgʻri rangdagi toʻy libosini tiktirish, turmush oʻrtogʻini olib chiqmaslik kabilar hozirda Hindistonda er-xotinlarning ajralishlariga sabab boʻlmoqda.
Oldinroq yarim tayyor lagʻmonlar urologik kasalliklar keltirib chiqarishi haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q