Jamiyat
Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari Odiljon Tojiyev “Oʻlim jazosini tiklash kerak deganlarga munosabat bildirdi.
“Begunoh goʻdakning umriga zomin boʻlgan kimsalarning yashashga haqqi yoʻq”, deya bildirilgan iddao “oʻlim jazosini tiklash kerak” degandek gap.
Bir qarashda adolatli va maqbul yechimdek koʻrinadigan ushbu taklifga mutlaqo qoʻshilmayman”, deydi u.
Tojiyev oʻz qarashini ikkita sabab bilan tushuntirib beradi:
“Birinchidan, oʻlim jazosi ehtimoliy noxolis oʻtkazilgan tergov yoki notoʻgʻri chiqarilgan hukm taʼsirida jazolangan begunoh insonning hayoti butunlay yoʻqotilishiga olib kelishi mumkin”, deya birinchi qarashini ifodalaydi spiker oʻrinbosari.
Bunga u tarixiy faktlardan biri kannibal Chikatiloni misol qilib keltiradi.
Maʼlumot uchun, mazkur shaxsning qotilligini deb yakunda boshqa inson oʻlim jazosiga hukm qilingan.
“Ikkinchidan, oʻlim jazosi jinoyatchilik darajasiga taʼsir koʻrsatmaydi.
Jinoyatlardan tiyib turadigan samarali vositalardan biri jazoning shafqatsizligida emas, muqarrarligida namoyon boʻladi”, deya keskin sabab koʻrsatadi u oʻz munosabatida.
Tojiyev oʻzga bir insonning umriga nuqta qoʻyishga sababchi boʻlgan qotilga oʻlim jazosini bergan tomon oʻsha vahshiy kimsadan farqlanmasligini taʼkidlar ekan, davlat oʻzi bermagan hayotni olishga haqqi yoʻqligini, yashash tabiiy huquq ekanligini aytadi.
"P.S. Oʻlim jazosini tiklash kerak deganlarga Konstitutsiya kitobini sovgʻa qilish kerak”, deydi u oʻz munosabati yakunida.
Oldinroq Milliy tiklanish partiyasi raisi Alisher Qodirov Oʻzbekistonda oʻta vahshiy jinoyatlar uchun oʻlim jazosini tiklashni taklif qilgani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q