Jamiyat
Milliy tiklanish partiyasi raisi Oʻzbekistonda oʻta vahshiy jinoyatlar uchun oʻlim jazosini tiklashni taklif qildi.
U murgʻak bolaga vahshiylik qilgan inson yashamasligi kerakligini taʼkidlaydi.
“Kecha yosh bir yigitga 20 marta piçoq urib oʻldirgan jinoyatchi sudda pushaymonligini aytib, 17 yilga qamaldi. 25 yoshli bu maxluq qamoqdan 42 yoshida jamiyatga kim boʻlib qaytadi?
Hayvonlashib ketgan jinoyatchini soliqlarimiz hisobiga sogʻligini saqlab, qornini toʻydirib, boshqa inson boʻlib qolishini kutib ötirish – mantiqsiz!”, deydi Qodirov.
“Bundaylardan jamiyatni tozalash kerak!” deya urgʻulayotgan Milliy tiklanish partiyasi rahbari shu oʻrinda Oʻzbekistonda oʻta vahshiy jinoyatlar uchun oʻlim jazosini tiklash kerakligiga ishora qiladi.
“Bolalar va begunoh aholi qirgʻiniga yuzsizlarcha koʻz yumib, dunyoga insonparvarlikdan dars berayotganlarning insonqarashiga, moslashishga majburmizmi?”, deydi u.
Qodirov bunday jinoyatchilar “nafaqat bugun, balki kelajakdagi pro-mahluqlarga namuna-ustoz boʻlib xizmat qilishini unutmaslik kerak”ligi aytadi.
Oldinroq 30 yoshli erkak 3 yoshli bolani qasddan pichoqlab oʻldirgani haqida xabar berilgan edi.
Siyosat
Jamiyat
Sport
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
111062
Jamiyat
94518
Jamiyat
90462
Jamiyat
74538
Jamiyat
//
Izoh yo‘q