Jamiyat
Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 30 yoshli erkak 3 yoshli bolani qasddan pichoqlab oʻldirdi.
Maʼlum boʻlishicha, voqea 9-iyul kuni Yashnobod tumanining “Yakkatol” koʻchasida joylashgan koʻp qavatli uylarning birida sodir boʻlgan.
Xabarlarga koʻra, ijarada turgan erkak qonuniy nikohdan oʻtmasdan yashab kelayotgan ayol bilan oʻzaro janjallashib qolgan. Yakunda u ayolning birinchi turmushidan boʻlgan 3 yoshli oʻgʻil farzandiga pichoq bilan bir necha marotaba jarohat yetkazgan.
Erkak hodisa joyidan yashiringan. Bola esa shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etgan.
Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinovning yozishicha, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Holat boʻyicha tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
109959
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73396
Jamiyat
//
Izoh yo‘q