Jamiyat
Uzbekistan Airports aksiyadorlik jamiyati bu yilgi hisobotni e’lon qildi. Hujjatga ko‘ra, aviatsiya tarmog‘ining barcha asosiy ko‘rsatkichlari jadal o‘sgani qayd etildi.
Xabarda keltirilganidek, 2026-yilning yanvar—mart oylari davomida respublika aeroportlari jami 30 859 ta aviareysga xizmat ko‘rsatdi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 10 foizga ko‘pdir. Reyslarning taqsimoti quyidagicha:
– xalqaro yo‘nalishlar: 22 885 ta reys;
– ichki yo‘nalishlar: 7 974 ta reys.
Hisobot davrida xizmat ko‘rsatilgan umumiy yo‘lovchilar soni o‘tgan yilga nisbatan 19 foizga o‘sib, 3 987 313 nafarni tashkil etdi; shundan 3 323 759 nafari xalqaro, 663 554 nafari esa ichki yo‘nalishlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Toshkent xalqaro aeroporti mamlakatning asosiy havo darvozasi sifatidagi o‘rnini saqlab qoldi. Birinchi chorakda poytaxt aeroporti 2,56 million yo‘lovchiga va qariyb 19 mingta reysga xizmat ko‘rsatdi.
Boshqa hududiy aeroportlar orasida yo‘lovchi oqimi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar quyidagi shaharlarda qayd etildi:
– Samarqand — 376,4 ming yo‘lovchi;
– Urganch — 222 ming yo‘lovchi;
– Namangan — 210,1 ming yo‘lovchi;
– Farg‘ona — 161,2 ming yo‘lovchi.
Aviatsiya tarmog‘ining yuk tashish segmentida ham ijobiy tendensiya kuzatilmoqda. 2026-yilning birinchi choragida O‘zbekiston aeroportlari orqali 19 783 tonna yuk va pochta jo‘natmalari o‘tkazildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 14 foizga yuqoridir.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112173
Jamiyat
94858
Jamiyat
90930
Jamiyat
75714
Jamiyat
//
Izoh yo‘q