“Ilgʻor ijodkor” mukofoti joriy etiladi

Saqlash
10:43 / 23.04.2026 15 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi 66-sonli Farmoniga muvofiq Oʻzbekistonda yangi “Ilgʻor ijodkor” Prezident mukofoti taʻsis etiladi.

 

Shuningdek:

 

– 2027-yildan har 2-yilda 1-marta 12-avgust – Xalqaro yoshlar kuni arafasida “Avlodlar muloqoti” xalqaro yoshlar kongressi oʻtkaziladi.

 

– 2026-yildan har yili sentyabr oyida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida milliy urf-odatlarga tayanib, yuksak madaniy-estetik meʻyorlar hamda xavfsizlikni taʻminlagan holda “Yoshlik – hayotning baxtli va oltin davri” shiori asosida umummilliy yoshlar festivalini oʻtkazib borish yoʻlga qoʻyiladi.

 

–2026-yildan kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish yoʻlida fidokorona mehnat qilayotgan yosh ijodkorlarni ragʻbatlantirish maqsadida “Ilgʻor ijodkor” Prezident mukofoti joriy etiladi.

 

Unga koʻra:

 

– Sheʻriyat, dramaturgiya hamda bolalar adabiyoti yoʻnalishlari boʻyicha eng yaxshi yozuvchi va shoirlar mukofotlanadi;

 

– Har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar BHMning 200 baravari miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi. Yoshlar uchun yangi imkoniyatlar va infratuzilma 2026-yildan hududlarda taʻlim muassasasi, sport obyektlari, yoshlar va madaniyat markazi, kutubxona, kinoteatr, konsert-tomosha zali, koʻngilochar saylgoh va bogʻlardan iborat yoshlarga moʻljallangan infratuzilma obyektlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha minimal standartlar joriy etiladi.

 

– 2026–2027-yillarda har bir hududda 1 tadan turizm, gastronomik, yoshlar sayilgohi va savdo-servisga ixtisoslashgan maxsus xizmat koʻrsatuvchi koʻchalarda kutubxona, “book cafe”, kitob doʻkonlari joylashtiriladi.

 

– Kitob sotuvini oyiga 10 mingdan oshirgan tadbirkorlarga 1 mlrd soʻmgacha Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdoridagi foiz stavkasida 6 oylik imtiyozli davr bilan 3-yilgacha muddatga ssuda ajratish choralari koʻriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//