Jamiyat
Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari poytaxtdagi muammoli chorrahalarni optimallashtirish bo‘yicha tizimli ishlarni davom ettirmoqda. Xabar berilishicha, endi Furqat va Seul ko‘chalari kesishmasida harakat o‘zgaradi.
Qayd etilishicha, “Seoul Mun” majmuasi qarshisida yangi tartibga solingan piyodalar o‘tish joyi tashkil etiladi va ziddiyatli nuqtalar bartaraf etiladi. Shuningdek, Furqat ko‘chasidan Seul ko‘chasiga chapga burilish uchun maxsus tasma ajratiladi, bu esa o‘tkazuvchanlikni oshiradi.
Bundan tashqari, “Seoul Mun” savdo majmuasiga kirish va ortga qayrilib olish uchun yangi yo‘l ochiladi.
Ushbu yechimlar hududdagi tirbandlikni kamaytirish bilan birga, piyodalar xavfsizligini ham to‘liq ta’minlashga xizmat qiladi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112432
Jamiyat
95093
Jamiyat
91314
Jamiyat
76011
Jamiyat
//
Izoh yo‘q