Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi uchun belgilangan oylik bazaviy meʼyorlarini oshirish boʻyicha muhokamalar ketmoqda.
Energetika vazirligi mazkur holatga eʼtibor qaratib, bayonot berdi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan tahlillar koʻra, 2024-yilda respublika aholisi tomonidan jami 21,2 mlrd kVt·soat elektr energiyasi isteʼmol qilinishi rejalashtirilgan.
Maʼlum boʻlishicha, agar umumiy kilovatt abonentlar oʻrtasida taqsimlansa, yil davomida oʻrtacha oylik isteʼmoli 200 kVt·soatdan oshmaydigan isteʼmolchilar soni jami abonentlarning 60 foizini tashkil etadi.
Aynan shu statistikaga tayanilgan holda, shuningdek, elektr energiyasi isteʼmoli yil davomida keskin oʻzgarmasligini inobatga olinib, yil davomida bir xil bazaviy meʼyor joriy qilingan.
Bunda elektr xarajatlarining abonent toʻlaydigan summadan keskin farq qilishi ham hisobga olingan.
Yaʼni, hozirgi vaqtda 1 kVt·soat elektr energiyasining tannarxi 895 soʻmni (QQS bilan 1 002 soʻmni) tashkil etadi.
Bunda, davlat byudjetidan 200 kVtgacha elektr energiyasi isteʼmol qilgan aholi uchun 447,0 mlrd soʻm, 201-1 000 kVtgacha elektr energiyasi isteʼmoli uchun esa 30,2 mlrd soʻm qoplab berilmoqda.
Tahlillarga koʻra, joriy yil iyun oyida 71 foiz aholi 200 kVtgacha elektr energiyasi isteʼmol qilgan. Yaʼni, isteʼmolchilarning 71 foizi belgilangan limit doirasidan chiqmagan.
“Shu bois, yaqin istiqbolda isteʼmolchilarga qoʻllanilayotgan oylik 200 kVt·soatgacha boʻlgan bazaviy meʼyor miqdori oshirilishiga asos mavjud emas”, deyiladi xabarda.
Maʼlumotda yozilishicha, 22 foiz isteʼmolchi elektr energiyasini 201 kVt·soatdan 1000 kVtgacha isteʼmol qilgan va 900 soʻmdan haq toʻlagan. Bunda elektr energiyasini 201 kVt·soatdan 300 kVtgacha ishlatgan isteʼmolchilar salmogʻi 11 foizni tashkil etgan.
“300 kVt·soatgacha elektr energiyasi isteʼmol qilganlar toʻliq 900 soʻmdan haq toʻlamaydi. Bunda 200 kVt·soatgacha 450 soʻmdan, qolgan 100 kVt·soatga 900 soʻmdan toʻlaydi. Yaʼni, 300 kVt elektr isteʼmol qilganlarga nisbatan ham narxlar keskin oshmagan (bazaviy meʼyordan ortiqcha 100 kVt isteʼmol uchun 45 000 soʻm (100*450) qoʻshimcha toʻlagan). Bunda ushbu 900 soʻmlik taʼrif ham elektr energiyasining tannarxidan kam”, deya izoh beriladi bayonotda.
Shu hisobda, qolgan 7 foiz aholi 1001 – 10 000 kVt·soat elektr energiyasi isteʼmol qilib, 1 350 soʻmdan toʻlovlarni amalga oshirgan.
Bunday xonadonlar subsidiyaga muhtoj boʻlmagan, birlamchi ehtiyojlardan tashqari qoʻshimcha qulayliklarga ega shaxslar, xususan, elektromobil(lar)i, hovlisida basseyn, fontan, koʻplab yoritkich jihozlari yoki qimmatbaho boshqa elektron maishiy qurilmalari mavjud xonadonlar hisoblanadi.
Bunda 1 000 kVt·soat elektr energiyasi isteʼmol qilgan 1 ta xonadon tejamkor va energiya samaradorligi bor 10 ta isteʼmolchi, 10 000 kVt·soat elektr energiyasi isteʼmol qilgan 1 ta xonadon esa tejamkor 100 ta isteʼmolchi isteʼmoliga toʻgʻri keluvchi elektr energiyasini isteʼmol qilgan.
Oldinroq elektr energiyasining ortiqcha hisoblanishiga oid xabarlarga izoh berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q