Jamiyat
Sanitariya-epidemiologiya qoʻmitasi Oʻzbekistonda sotilayotgan “Anor” taʼmli ichimlik boʻyicha rasmiy munosabat bildirildi.
Xabaringiz bor, internet tarmoqlari orqali Qirgʻiziston Respublikasida Afgʻoniston Respublikasida ishlab chiqarilgan “Anor” taʼmli ichimlik tarkibida zaharli moddalar aniqlanganligi toʻgʻrisida xabarlar tarqalmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, mazkur mahsulot Oʻzbekiston Respublikasiga ham olib kirilgan.
Xabarga koʻra, har bir partiyalar tegishli laboratoriya tekshiruvlaridan oʻtkazilib, keltirilgan mahsulot partiyasiga sanitariya-epidemiologik xulosalar berilgan.
Ichimlik tarkibida zaharli yoki inson salomatligiga zarar keltiruvchi moddalar aniqlanmagan.
“Hozirda Afgʻoniston respublikasida ishlab chiqarilgan “Anor” taʼmli mahsulotlardan qayta namunalar olinib, nazorat tartibida laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shunday boʻlsa-da, bugungi kunga qadar aholi tomonidan aynan ushbu mahsulotning sifatsizligi va isteʼmol qilish oqibatida zaharlanganligi toʻgʻrisida murojaat kelib tushmagan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q