Jahon
Qirgʻizistonning Oʻsh shahridagi savdo nuqtalaridan Afgʻonistonda ishlab chiqarilgan “Golden Life” anorli gazlangan ichimlik mahsulotlari olib qoʻyilmoqda. Bu haqida shahar hokimligi maʼlum qilgan.
“Ish Qirgʻiziston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Kasalliklarning oldini olish va davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti buyrugʻiga asosan olib borilmoqda”, — deyiladi hokimlik xabarida.
Laboratoriya tadqiqotlari natijalari koʻra, bu ichimlikning tarkibida inson organizmi uchun xavfli boʻlgan azorubin E-122 boʻyoqlari (krasitel) mavjud. Bu ayniqsa bolalarning faolligi va aqliy salohiyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin.
“Chakana savdo tarmoqlari rahbarlariga ham ushbu mahsulotlarni sotishni taqiqlash toʻgʻrisida buyruq berildi”, — deya maʼlum qilgan davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati departamenti.
Hozirda mahsulot Bishkekdagi savdo rastalaridan ham olib qoʻyilmoqda.
Maʼlumot uchun, ushbu ichimlik Qozogʻistonda ham sotiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112685
Jamiyat
95360
Jamiyat
92065
Jamiyat
76457
Jamiyat
//
Izoh yo‘q