Jamiyat
Kecha, 25-iyun kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda bir qator masalalarga tegishli qonun loyihalari deputatlar tomonidan muhokama qilindi. Aynan ana shunday qonun loyihalaridan biri – bu, bolani qonunga xilof tarzda diniy taʼlim olishga jalb qilishni taqiqlashga oid.
maʼlumot uchun, mazkur qonun loyihasi birinchi oʻqishdayoq qabul qilingan.
Majlisda ushbu hujjat jamiyatda qanday talqin qilinishiga ham eʼtibor qaratilgan. Qonunchilik palatasi spikerining oʻrinbosari Алишер Қодиров bu masalaga izoh berib oʻtdi.
Qodirov bola maktabda ilmni oʻrganishdan tashqari, dinni oʻrganmoqchi boʻlsa, mamlakatda barcha imkoniyatlar borligini aytadi.
“Uyda kitob oʻqishga, masalan, oʻsha, diniy idora tasdiqlagan kitoblarni oʻqishga kim xalaqit beradi? 7 yoshdami, 8 yoshdami, 10 yoshdami, kim xalaqit beradi? Buning qonuniy asosini yaratish uchun, hozir diniy taʼlimni shakllantirish uchun, yosh bolaga, imkoniyat yoʻqligini hisobga olgan holda, bu narsa tartibga solinyapti” deydi u.
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi rahbari yosh bolaga “dinni oʻrgatish taqiqlanyapti deb qaramaslik kerakligini, aksincha, bolalarga dinni notoʻgʻri oʻrgatayotganlar taqiqlanyapti deb qarash kerak”ligini taʼkidlaydi.
“Dinni oʻrganishni hech kim taqiqlamoqchi emas. Dinni oʻrganish uchun mamlakatimizda barcha sharoitlar yaratilgan. Yosh bolaga ham, professional nuqtai nazardan oʻrganish uchun ham. Shuning uchun bu nizoni keltirib chiqarish kerak emas. Dinni oʻrganish bizning mamlakatimizda hech kimga taqiqlanmagan. Bir yoshli bolaga ota-onasi Qurʼoni Karimni yodlatsa, bu qonunga xilof harakatmi? Albatta, yoq. Shuning uchun biz jamiyatga bu qonunni singdirayotgan paytimizda toʻgʻri tushuntirib aytishimiz kerak. Diniy tarbiya va diniy taʼlim masalasi mamlakatimizning chuqur qadriyatlarimizdan kelib chiqqan ehtiyoj. Buni hech kim taqiqlayotgani yoʻq. Biz notoʻgʻri tushunchalarning kirib kelishiga taqiq qoʻyayapmiz”, deya qonunga izoh beradi Qodirov.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q