Jamiyat
Bolani qonunga xilof ravishda diniy taʼlim olish jarayoniga jalb qilgan ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
Oliy Majlisning navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga bola huquqlarini yanada mustahkamlash boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi deputatlar tomonidan birinchi oʻqishda qabul qilindi.
Xabarga koʻra, mazkur jihat eʼtiborga olinib Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi qoʻshimcha bandlar bilan toʻldiriladi.
Yaʼni, endi ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan bola qonunga xilof ravishda diniy taʼlim olish jarayoniga jalb qilinsa, BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarimaga tortiladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, huquqbuzar tomonlarga BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoq jazosi tayinlanadi.
Shuningdek, qonun loyihasi bilan bolani roʻyxatdan oʻtkazilmagan yoki litsenziyaga ega boʻlmagan tashkilotlar yoxud maxsus diniy maʼlumoti boʻlmagan va diniy tashkilotlarning Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha markaziy boshqaruv organining ruxsatisiz diniy taʼlim berayotgan shaxslar ixtiyoriga diniy taʼlim olishi uchun topshirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilab qoʻyilmoqda.
“Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi bolalarning taʼlim olish sohasidagi huquqlarini himoya qilish, ularning komil inson boʻlib yetishishiga, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik gʻoyalari qurboniga aylanishining oldini olishga xizmat qiladi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q