Jamiyat
Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “Hamster Kombat” oʻyini bilan bogʻliq koʻplab savollar javob berdi.
Maʼlum boʻlishicha, “Hamster Kombat” oʻyini “play-to-earn” toifadagi oʻyinlar qatoriga kirmaydi, chunki oʻyinda toʻplangan tangalar (hisob birliklari) utilitar kripto-aktivlardan farqli oʻlaroq, taʼminlanmagan va real foyda keltirmaydi.
Eslatma! “Play-to-earn” bu oʻyin orqali real pul yoki boshqa qimmatli mukofotlarni olish mumkin boʻlgan oʻyin turi hisoblanadi.
Shuningdek, Agentlik “Hamster Kombat” oʻyinida toʻplangan hisob birliklari kripto-aktiv emasligini taʼkidlaydi.
Yaʼni, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga koʻra kripto-aktiv bu maʼlumotlarning taqsimlangan reestri(blokcheyn)dagi raqamli yozuvlar yigʻindisi boʻlgan, qiymati va egasiga ega mulkiy huquqdir.
Shu hisobda, hozirda ommalashib borayotgan oʻyinda toʻplangan hisob birliklari yuqoridagi taʼrifga mos kelmaydi va blokcheynga ega emas.
Biroq, Agentlik kelajakda “Hamster Kombat”dagi tangalar blokcheynga oʻtishi va shu bilan kripto-aktivga aylanishi mumkinligini ham inkor etmagan.
“Keyinchalik, kripto-aktivni tarqatish maqsadida u kripto-platformalarda listingdan oʻtkazilishi mumkin. Biroq, bunday kripto-aktivlar, aks hollarda, foydali funksionallikning yoʻqligi sababli, roʻyxatga olinganidan keyin qisqa vaqt ichida qadrsizlanadi”, deyiladi izohda.
Bordi-yu “Hamster Kombat” oʻyinida toʻplangan hisob birliklari kripto-aktiv deb tan olinsa, ularni faqat kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi milliy xizmat koʻrsatuvchi provayderlar orqali xarid qilish yoki sotish mumkin boʻladi.
Bunda ular kripto-birja kotirovkalash varagʻi yoki kripto-doʻkonning savdo savatiga kiritilgan boʻlishi zarur.
Maʼlumot uchun, “Hamster Kombat” oʻyinining hisob birliklari blokcheynga ega boʻlmagunicha, ularning aylanmasini tartibga solish Agentlik vakolatiga kirmaydi.
Oldinroq Oʻzbekistonda qonuniy tarzda notkoin bilan savdo qilishning imkoni yoʻqligi haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q