Jamiyat
“Yovvoyi hayvonlarni tabiiy yashash muhitidan oʻzga muhitga tushib qolganda himoya qilish, qutqarish va jonsizlantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi Qarori muhokamaga qoʻyildi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur hujjatda bir qator jihatlar nazarda tutilgan.
Jumladan, yuridik va jismoniy shaxslardan yovvoyi hayvonning tabiiy yashash muhitidan oʻzga muhitga tushib qolganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushganda, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bu haqda zudlik bilan “1157” qisqa telefon raqami orqali Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligiga, “102” qisqa telefon raqami orqali ichki ishlar organlarining navbatchilik qismiga, “1050” qisqa telefon raqami orqali favqulodda vaziyatlar organlariga, “(71) 276 01 18” telefon raqami orqali Davlat veterinariya xizmati, “1003” qisqa telefon raqami orqali sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga hamda viloyat ovchilik jamiyatiga xabar berishi shart.
Shuningdek, mahalliy hokimiyat organi zimmasiga aholini kelib chiqqan favqulodda vaziyatdan xabardor qilish vazifasi ham yuklatiladi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi yovvoyi hayvon aniqlangan joyga zudlik bilan tizim xodimlarini joʻnatadi. Masʼul shaxslar ushbu yovvoyi hayvonni muhofaza qilish, qutqarish va jonsizlantirish tadbirlari amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Taʼkidlash lozim, mazkur loyihani ishlab chiqishdan maqsad oʻz tabiiy hududidan adashib kelib qolgan hayvonlarning jonini saqlab qolish, ularning qirilib ketmasligi, shuningdek, aholiga xavf solishini oldini olishdir.
Yovvoyi hayvonlarni himoyalash tartibi quyidagi sxema bilan amalga oshiriladi:
Oldinroq Qashqadaryoda ayiq oʻldirilishi holati boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q