Jamiyat
Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan viloyatning Chiroqchi tumanida Tyan-Shan qo‘ng‘ir ayig‘ining o‘ldirilishi holati bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi Xayot Shamsutdinov.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 202-moddasi 3-qismi “g” bandi (kamyob va yo‘qolib borayotgan hayvon turlarini tutish tartiblarini buzish Qizil kitobiga kiritilgan hayvonot yoki o‘simlik dunyosi turlarini nobud qilgan holda sodir etilgan bo‘lsa BHMning 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, tuman qishloqlaridan biriga adashib kelib qolgan ayiqni harakatsizlantirib, tabiatga qaytarish rejalashtirilgan edi. Biroq Toshkent hayvonot bog‘idan veterinariya shifokorlari brigadasi yetib kelguniga qadar mahalliy hokimiyat vakillari jonivorni “aholi xavfsizligi uchun” yo‘q qilishdi.
Tabiiy resurslar vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, Chiroqchi tumani IIB boshlig‘i A.B. ovchi D.A.ga “jarlikka to‘plangan odamlarning xavfsizligini ta’minlash va ayiqni otib tashlash” haqida buyruq bergan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q