Jamiyat
Strategik islohotlar agentligining maʼlum qilishicha, Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiyaga asosan transport vositasining turi, vazni va sigʻimidan kelib chiqib haydovchilik guvohnomalarining quyidagi kichik toifalari joriy qilinmoqda:
◻️ “A1” – mototransport vositalari (ish hajmi 50 sm kubdan 125 sm kubgacha boʻlgan), shu jumladan xuddi shunday tavsiflarga ega boʻlgan moped, skuterlar. Yaʼni “A1” toifadagi guvohnoma (moped va skuterlar) 16 yoshdan, “A” toifadagi (tezyurar mototsikllar) guvohnoma 18 yoshdan beriladi;
◻️ “V1” – tritsikl va kvadritsikl (kvadrosikl);
◻️ “S1” – 3 500 kgdan ortiq va 7 500 kggacha boʻlgan avtotransport vositalari;
◻️ “D1” – 8 dan ortiq va 16 dan koʻp boʻlmagan oʻrindiqqa ega yoʻlovchi tashish uchun moʻljallangan avtotransport vositalari.
“Mazkur toifadagi haydovchilik guvohnomalarining joriy etilishi natijasida haydovchilarni tayyorlash jarayoni soddalashadi, muddatlar qisqaradi, yoshga doir talablar esa tabaqalashtiriladi”, deyiladi xabarda.
Maʼlum boʻlishicha, bugungi kunda yurtimizda oson va tezkor yetkazib berish tizimi rivojlanib borayotgani sabab moped va skuter kabi qulay transport vositalaridan foydalanish ortib bormoqda. Ammo ularni “prava”siz haydash 2024-yil 1-yanvarga qadar mumkin edi. Endi esa bu muddat tugadi. Oqibatda, endi ulardan foydalanuvchilar ham haydovchilik guvohnomasi olishga majbur boʻlmoqda.
Mazkur kamchilikni inobatga olgan holda, ishlab chiqilgan qaror loyihasida yengil mototransport vositalarini (tezligi 50 km/soatidan yuqori boʻlmagan) 16 yoshga toʻlgan shaxslarga haydovchilik guvohnomalarini olmasdan boshqarishga ruxsat berish nazarda tutilmoqda.
Oldinroq endi “prava” uchun mustaqil tayyorlanib, imtihon topshirish mumkin boʻlishi haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q