Jamiyat
Endi “prava” uchun mustaqil tayyorlanib, imtihon topshirish mumkin boʻladi.
Strategik islohotlar agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport vositalarini boshqarishga oid tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror loyihasiga muvofiq, “A”, “A1”, “B” va “B1” toifalardagi haydovchilik guvohnomalarini olish uchun talabgorlarga oʻzlari tayyorlanib, imtihon topshirishiga ruxsat berish taklif etilmoqda.
Mazkur tartib xorijiy tajribaga asoslanadi. Masalan, AQSh, Kanada, Yaponiya, Janubiy Koreya va Qozogʻistonda haydovchilik guvohnomasini olish boʻyicha imtihonlarga talabgorlar mustaqil ravishda tayyorlanib kirishlariga ruxsat berilgan.
Shu oʻrinda sharhlanadigan boʻlsa, endi talabgorning transport vositasini boshqarishga tayyorligi imtihon orqali aniqlanadi va aholida maxsus kurslarni oʻtash uchun sarflanadigan vaqt hamda xarajatlar tejaladi.
Biroq bu tartib faqatgina “A”, “A1”, “B” va “B1” toifalardagi haydovchilik guvohnomalari uchundir.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jahon
Iqtisod
112047
Jamiyat
94736
Jamiyat
90750
Jamiyat
75557
Jamiyat
//
Izoh yo‘q