Jamiyat
Joriy yilning 25-may kuni Prezidentning “Oliy taʼlim tashkilotlariga oʻqishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Farmoni imzolandi.
Hujjatga koʻra, birinchi yilda grantga kirgan talaba ikkinchi yili yillik baholari qoniqarsiz boʻlsa, kontraktga tushib ketadi. Bu haqida oldinroq xabar berilgan edi.
Farmonda yozilishicha, taʼlim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat toʻliq taʼlim grantini yutgan talabalarga toʻlanadi.
Yaʼni, birinchi yilda grantga kirgan talaba OTM da “tekin” oʻqiydi va stipendiya oladi. Keyingi oʻquv yilida agar u kontraktga tushib ketsa, davlat hisobidan stipendiya olmaydi. Agar kontraktni stipendiyali qilib toʻlsa, unda oladigan stipendiyasi oʻzi toʻlagan pul hisobidan boʻladi.
Shu hisobda, ikkinchi va undan yuqori kurslar mobaynida 1 yillik grant yutgan talabalar ham shunday imtiyozga ega boʻladi. Yaʼni, 1 yil mobaynida “tekin” oʻqiydi va davlat hisobidan stipendiya oladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q