Jamiyat
Xabaringiz bor, yaqinda UzAuto Motors kontraktatsiyasi ochilgani boʻyicha hech qayerda eʼlon tarqatmasdan Lacetti avtomobili uchun shartnoma tuzish yakunlaganini maʼlum qilgan edi.
Keyingi savollar “kompaniya hali ham Lacetti ishlab chiqaryaptimi?” mazmunida keng jamoatchilik ichida tarqala boshladi.
Maʼlumot uchun, Statistika agentligi joriy yilning dastlabki 4 oyida 10 954 dona Lacetti ishlab chiqarilgani boʻyicha xabar bergan edi.
Endi ham Lacetti ishlab chiqarilishi davom etadi, bunga esa mazkur rusumdagi avtomobil uchun kerak boʻladigan ehtiyot qismlari hali ham mavjud boʻlganidir. Aynan shu jihat ishlab chiqarishning davom etishiga imkon beradi. Bu haqida “Oʻzavtosanoat” axborot xizmati Kun.uz’ga maʼlumot bergan.
“Lacetti ishlab chiqarish taxminan qachongacha davom etishini aniq ayta olmayman. Bu birdaniga toʻxtamaydi. Yaqin 7 kun ichida xaridorlarga yana shartnoma berilish-berilmasligi oydinlashadi”, – degan kompaniya axborot xizmati rasmiysi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q