Jamiyat
21-may kuni Chevrolet Lacetti rusumli avtomobillar uchun 3600 shartnomalari tuzildi, deb xabar berdi UzAuto Motors.
Xabarga koʻra, tuzilgan shartnomalarning 99,7 foizi OneID tizimida roʻyxatdan oʻtgan. Qolgan foizi esa shartnoma tuzgan jismoniy shaxslar hissasiga toʻgʻri keladi.
Ajablanarlisi, shartnoma toʻlovini bajarmaganlarni ogohlantirib kelayotgan kompaniya har doim kontraktatsiya haqida eʼlon berar edi. Bu safar esa Lacetti mahsulotining sotuvga chiqarilgani haqida hech qanday axborot tarqatilmagan.
Biroq, bir kun oldin UzAuto “avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozimligini, aks holda, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, kontraktatsiyaga qayta qoʻyilishi”ni maʼlum qilgan edi.
Biroq undan keyin hech qanday maʼlumot berilmagan.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
111595
Jamiyat
94637
Jamiyat
90622
Jamiyat
75091
Jamiyat
//
Izoh yo‘q