Jamiyat
Oldinroq Sirdaryoda autsorsing xizmati xodimlari ruhiy nosogʻlom ayolni mazax qilgani haqida xabar berilgan edi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligining maʼlum qilishicha, holat yuzasidan autsorsing boʻyicha xizmat koʻrsatib kelayotgan firma rahbari Iskandar Salimovga oʻz vaqtida xabar berilib, chaqirtirilgan va ishchi xodimlar yigʻilib, majlis oʻtkazilgan.
Shundan soʻng, O.Sh. va M.X.lar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan va ular vazifasidan ozod etilgan.
Sirdaryo tumani IIB tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari yakunlanib, MChJ ishchilari O.Sh. va M.X.larga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining 202/2 moddasi 1-MJTK moddasi 1-qismiga muvofiq, eng kam ish haqqining 10 barobari miqdorida jarima toʻlash jazosi belgilangan.
Bundan tashqari, “Innovation-Outsorsing-Service” MCHJ bilan tuzilgan shartnomani bekor qilish uchun firma rahbari Iskandar Salimov nomiga ogohlantirish xati chiqarilgan.
“Taʼkidlash lozimki, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining huquqlarini himoya qilish, ularga davlat tomonidan koʻrsatilayotgan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni oʻz vaqtida va sifatli tashkil etish yuzasidan “Muruvvat” uyi xodimlari oʻrtasida bu kabi holatlarning takrorlanmasligi boʻyicha tushuntirish ishlari oʻtkazildi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q