Jamiyat
Maʼlum boʻlishicha, voqea Sirdaryo viloyatida joylashgan “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyida boʻlib oʻtgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar natijasida Holat Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga borib oʻrganilgan.
Aniqlanishicha, ayolni mazax qilganlar ushbu muassasaga autsorsing asosida xizmat koʻrsatadigan tadbirkorlik subyektida ishlovchi xodimlar boʻlgan.
Ular muassasa hududida erkin sayr qilib yurgan Y.S.ni shifokor, hamshira va kichik tibbiy xodimlar (enaga) ruxsatisiz oshxona binosiga olib kirib, ruhiy holatini bila turib, mazax qilgan.
Bundan tashqari, holatni tasvirga olib, uni oshxonada ishlovchi xodimlarning Telegram guruhiga tashlagan.
Xabarga koʻra, bemor Y.S. aqli zaiflikning ogʻir darajasiga chalingani sababli unda xulq atvor buzilishi bilan kechuvchi ruhiy holat tez-tez kuzatiladi. Yaʼni, doimiy ravishda yaqin qarindoshlarini eslab “uyimga joʻnating” yoki “chaqirib bering” deb yigʻlash holatlari yuzaga keladi.
2024 yil 17 may kuni Sirdaryo “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun ayollar internat uyi rahbari Sirdaryo tumani Ichki ishlar boʻlimiga murojaat qilib, X.M. va Sh.O.larning xatti-harakatiga Oʻzbekiston Respublikasining “Nogironligi boʻlgan shaxslarning huquqlari toʻgʻrisidagi” Qonuning 3 va 4-moddalari yuzasidan qonuniy chora koʻrishlik boʻyicha murojaat qilgan.
Natijada tadbirkorlik xizmati va xodimalar oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan hamda ular vazifasidan ozod etilgan.
Hozirgi kunda Sirdaryo tumani IIB tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
“Ombudsman mintaqaviy vakili Y.S. va uning shifokori bilan suhbatlashganda kayfiyati va ruhiy holati yaxshi ekani maʼlum boʻldi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q