Jamiyat
Hozirda koʻpchilik “agar 300 kVt/soat “tok” ishlatsam, elektr energiyasining hammasiga 900 soʻmlik tarif bilan, jami 225 ming soʻm toʻlashim kerak ekan” deb oʻylayapti. Aslida unday emas.
Masalan, bitta oila bir oyga 250 kVt/soat elektr energiyasi isteʼmol qilgan boʻlsa, ishlatilgan “tok”ning hammasi uchun 900 soʻmdan toʻlamaydi. Agar shunday boʻlsa, unda jami summa 225 ming soʻm boʻladi.
Ayni vaqtda aholi orasida hisob-kitob qilishda shu summani chiqarish orqali, “elektr energiyasi juda koʻtarilib ketdi” qabilidagi tushunmovchiliklar koʻpaymoqda.
Yuqoridagi holatda oila 200 kVt/soat uchun 450 soʻmdan(jami 90 ming soʻm), qolgan ortiqcha 50 kVt/soat uchun esa 900 soʻmdan(jami 45 ming soʻm) toʻlaydi. Shu hisobda umumiy summa 135 ming soʻm boʻladi.
“Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, isteʼmolchi belgilangan tarifdan ortiqcha elektr energiyasini ishlatsa, belgilangan tarif summasining bir baravarigacha qoʻshimcha haq toʻlaydi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73401
Jamiyat
//
Izoh yo‘q