Oʻzbekistonda “Toza havo” oyligi boshlandi

Saqlash
00:41 / 17.04.2024 1216 0

10-aprel sanasidan boshlab, Oʻzbekistonda “Toza havo” oyligiga start berildi.

 

Ushbu oylik Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi bilan hamkorlikda oʻtkaziladi. Tadbir doirasida respublika boʻylab avtomobillar ekologik nazoratdan oʻtkaziladi. Bunda benzin, dizel, tabiiy siqilgan va suyultirilgan gazda harakatlanadigan avtotransportlarning atmosferaga chiqarayotgan zararli gazlar miqdori maxsus asbob-uskunalar orqali tekshiriladi.

 

Ekologik nosoz deb topilgan transport vositalari haydovchilariga esa chora koʻrilib, nosozlik bartaraf etilguniga qadar transport vositasidan foydalanish taqiqlanadi.

 

“Toza havo” oyligining birinchi bosqichi 10-maygacha davom etib, 10-avgustdan 10-sentyabrga qadar ikkinchi bosqichi oʻtkaziladi.

 

Maʼlumot uchun, ushbu tadbir oʻtgan yili ham oʻtkazilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//