Jamiyat
Maʼlum boʻlishicha, holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olingan.
Xabarga koʻra, joriy yilning 16-aprel kuni Toshkent shahri Sergeli tumanidagi 277-oʻrta maktab 1-“E” sinf oʻquvchilarining 15 nafar ota-onalari mazkur maktab direktorining huzuriga kelib, 1-“E” sinf rahbari S.R. (ayol) ning ustidan shikoyat qilgan.
Murojaatda ota-onalar sinf rahbari S.R. oʻquvchilar qoʻlining kaft qismini ustiga “samorez” va ignalar sanchib, turli jarohatlar yetkazganligi, goʻyoki shunday usulda bolalarni tarbiyalashga uringanini bildirgan.
“1-“E” sinf rahbari S.R. bolalarga nisbatan shunday nomaqbul harakatlarni sodir qilganligi yuzasidan oʻqituvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinib, u ishdan boʻshatildi”, deyiladi xabarda.
Maʼlumotga koʻra, hozirda holat yuzasidan Sergeli tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Oldinroq bolalarning qoʻliga igna va “samorez” sanchib jazolab kelgan oʻqituvchi haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q