Vazirdan tortib hokimgacha: Amaldorlar “Avtomobilsiz kun”ni qanday oʻtkazmoqda?

Saqlash
21:04 / 29.03.2024 2350 0

29-mart sanasi “Avtomobilsiz kun” deya eʼlon qilinganidan xabaringiz bor. Mazkur kun munosabati bilan koʻplab rahbarlar, shuningdek, tashkilot xodimlari ishxonaga shaxsiy transport vositalarisiz keldi. Xoʻsh, bugun ishga kim nima bilan keldi? Biz sizga haminqadar yetkazamiz.

 

Sherzod Shermatov piyoda keldi

 

Raqamli texnologiyalar vaziri 29 mart, juma kuni oʻz ishxonasiga piyoda keldi. U uyi va ishxonasi oʻrtasidagi masofani taxminan 1 soatlarda bosib oʻtgan.

 

Transport vaziri jamoat transportida keldi

 

Ham yayov, ham avtobusda koʻrinish bergan Transport vaziri Ilhom Mahkamov jamoatchilik vakillari bilan suhbatlashib, manziliga yetib olgan.

 

Sport vaziri “peshexod”dan oʻtib keldi

 

Vazir Adham Ikromov ham erta tongda jamoat transportlaridan birida koʻrinish bergan. U vazirlik binosi qarshisidagi bekatga tushgan. Keyin piyodalar yoʻlagidan oʻtmoqchi boʻlgan. Garchi ozroq kutib qolgan boʻlsa ham, svetofor qoʻyilmagan yoʻlakdan xavfsiz oʻtib olgan.

 

Chilonzor tumani hokimi metroda keldi

 

Hokim Saidqahhor Xolxoʻjayev ham mazkur tadbirda faol ishtirok etdi. U metroda manziliga yetib olgan. Rahbar barchaga oʻrnak boʻldi desak, arziydi. Sababi, ertalab metroning gavjum boʻlishini hisobga olsak, oddiy odam ham yurishga qiynaladi. Hokim esa qoʻrqmasdan vagonga chiqib ketavergan.

 

Bojxona qoʻmitasi raisi velosipedda keldi

 

Bojxona qoʻmitasi raisi Akmalxoʻja Mavlonov ham tadbirda qatnashgan. U ishxonaga velosipedda kelgan.

 

Yoshlar masalalari agentligi rahbari “yoshi kattalar” bilan keldi

 

Yoshlar masalalari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev ham ishga avtobusda joʻnab ketgan. Suratda esa yoʻlovchilarni koʻrishingiz mumkin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//