Jamiyat
Joriy yilning 29-mart, juma kuni Toshkent shahrida “Avtomobilsiz kun” tadbiri oʻtkaziladi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi xabar berdi.
Ushbu tadbir Prezidentning 2024-yil 21-fevraldagi “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi 37-son Farmoniga muvofiq amalga oshiriladi.
“Avtomobilsiz kun”ni oʻtkazishdan bir qator maqsadlar koʻzlangan.
Jumladan:
▫️ sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish;
▫️ atrof-muhitni avtomobillardan chiquvchi zararli gazlardan himoya qilish,
▫️ katta shaharlarda transport vositalari tirbandligini kamaytirish;
▫️ jamoat transporti tizimini rivojlantirish masalalariga jamoatchilik eʼtiborini qaratish.
“Ekologiya vazirligi barchani “Avtomobilsiz kun”ga befarq boʻlmaslikka, shaxsiy avtomobillar oʻrniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqiradi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q