Ishlash uchun Kanadaga ketish istagida boʻlganlar 7 300 nafardan oshdi

Saqlash
17:58 / 26.03.2024 1590 0

Boʻsh ish oʻrinlari haqida eʼlon chiqqaniga endigina 1 kundan oshgan boʻlsa-da, talabgorlarning soni 7 barobarga koʻpaygan.

 

Bandlik vazirligining maʼlumotiga koʻra, Kanadaga roʻyxatdan oʻtishning ikkinchi kuni boshlandi.

 

Qabul jarayonlari hozircha bitta yoʻnalish boʻyicha oʻtkazilmoqda.

 

Oʻtgan bir kecha-kunduzda okean orti mamlakatida qurilish yoʻnalishida ishlash istagida roʻyxatdan oʻtganlar soni 7 369 nafarni tashkil qildi(soat 12:30 holatiga koʻra).

 

 

Maʼlumot uchun, mazkur yoʻnalishda 1 000 ta ish oʻrni ajratiladi.

 

Umuman olganda, uchta yoʻnalishda 5 000 ta boʻsh ish oʻrni uchun talabgorlar saralanadi.

 

Bugun texnik va xizmat koʻrsatish sohalari boʻyicha ham roʻyxatdan oʻtish jarayoni boshlanadi.

 

Oldinroq Kanada oʻzbekistonliklar uchun 5000 ta ish oʻrni taklif qilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//