Kanada oʻzbekistonliklar uchun 5000 ta ish oʻrni taklif qilmoqda

Saqlash
20:12 / 25.03.2024 2174 1

Kanada ish beruvchilari bilan erishilgan kelishuvga koʻra, qurilish, xizmat koʻrsatish va texnik sohalarga fuqarolar ishga taklif etilmoqda, deb xabar berdi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi.

 

Xabarga koʻra, dastlab qurilish sohasi boʻyicha quyidagi kasblarda ishlovchilar saralab olinadi:

▫️ duradgor;

▫️ payvandchi;

▫️ elektrik;

▫️ santexnik;

▫️ betonchi;

▫️ oynachi;

▫️ tom yopuvchi;

▫️ pol qoplamalarini yotqizish boʻyicha yordamchi;

▫️ oʻrmon xoʻjaligi va boshqalar.

 

Ushbu davlatga ketuvchi nomzodlardan quyidagi narsalar talab qilinadi:

▫️ 8 yoshdan 45 yoshgacha boʻlishi;

▫️ ingliz tili, fransuz tili yoki ispan tillaridan birini bilish;

▫️ Qurilish kasb-taʼlimi mutaxassisligi boʻyicha guvohnoma, sertifikat, diplom boʻlishi;

▫️ Xorijga chiqish pasporti nusxasi.

 

Maʼlumot oʻrnida, taklif qilinayotgan kasblar uchun soatiga 12,5 AQSh dollaridan 30 AQSh dollarigacha ish haqi toʻlanadi.

 

“Talablarga mos kelmaydigan fuqarolarning nomzodi koʻrib chiqilmaydi”, deyiladi xabarda.

 

Eslatma! Har bir nomzod maʼlumotlari ish beruvchi tashkilot vakillari tomonidan koʻrib chiqiladi va xorijiy tilda suhbatdan oʻtkaziladi.

 

Talabgorlar ushbu raqamlar bilan bogʻlanishi mumkin:

71 202-33-55, 71 200-00-61 yoki 1282 qisqa raqamiga.

1 Izoh

Alimardon

18:04 / 29.04.2024

Chet elda ishlashni xoxlayman.

Izoh qoldirish

//