Jamiyat
Maʼlum boʻlishicha, “vasiy” qizlarning ammasi boʻlgan. Bu haqida Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi maʼlum qildi.
Maʼlumotga koʻra, Toshkent viloyati Boʻka tumanida yashovchi 1989-yilda tugʻilgan fuqaro I.N. (qizlarning ammasi) Bekobod tumanida istiqomat qiluvchi voyaga yetmagan jiyanlari 2011-yilda tugʻilgan A.M. va 2017-yilda tugʻilgan A.Ch. ga oʻzini vasiy etib tayinlashni soʻrab, 2023-yilning 22-noyabrida Bekobod tumani hokimi nomiga ariza bilan murojaat qilgan. Arizada qizlarning otasi T.A. va onasi T.M. Rossiya Federatsiyasiga ketganligi va bolalarni oʻzi tarbiyalab kelayotganini bildirgan.
Bekobod tuman Tibbiyot birlashmasiga qarashli koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasining tibbiy koʻrik xulosasiga koʻra, fuqarolar A.M. va A.Ch. hamda I.N.lar jismonan-ruhan sogʻlom ekanligi koʻrsatilgan.
Tibbiy xulosadan soʻng, 2023-yil 15-dekabrida Bekobod tumani hokimi voyaga yetmaganlar A.M. va A.Ch.ga fuqaro I.N.ni vasiy sifatida tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.
Joriy yilning 12-mart kuni kech soat 20:00larda Boʻka tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga voyaga yetmagan A.Ch.ning ammasi I.N. tomonidan kaltaklangani natijasida shifoxonaga tushganligi haqida xabar berilgan.
Mazkur holat boʻyicha Markaziy shifoxonaga borib oʻrganilganda, voyaga yetmagan A.Ch.ning jonlantirish boʻlimida yotganligi aniqlangan.
Tibbiyot xodimlarining olib borgan saʼy-harakatlariga qaramay A.Ch. joriy yilning 15-mart kuni vafot etgan.
Fuqaro I.N. ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Hozirda Ichki ishlar organlari tomonidan tergov surishtiruv jarayonlari olib borilmoqda.
Kunikecha Toshkent viloyatida 7 yashar qiz vahshiylarcha urib oʻldirilgani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q