Jamiyat
Voqea Boʻka tumani “Choʻlabod” qishlogʻida sodir boʻlgan.
Xabarga koʻra, Bekobod tumani Zafar shaharchasida yashovchi er-xotin Rossiyaga borib ishlashi munosabati bilan ikki nafar qizini Boʻka tumanida yashovchi qarindoshiga ishonib topshirib ketadi.
Bolalarni muntazam kaltaklab kelgan vasiy ayol shu yilning 11-mart kuni qarindoshlarining kichik qizini katta yogʻoch boʻlakchasi bilan urib, oʻldirib qoʻyadi.
Aniqlik kiritilishicha, avvaliga u urib, badanlarini koʻkartirib, qonatib huzurlanib boʻlgach, ingrab yotgan 7 yashar qizchani joyiga olib kirib yotqizib qoʻygan. Yarim tunda ham qizaloqning ovozi bosilmaganidan ayol qizchani yana urgan.
Kaltaklarning zarbidan qizcha tinchib qolgan. Bundan xavotirlangan “vasiy” tez yordam chaqirgan.
Maʼlum boʻlishicha, marhum qizaloq koʻchada bolalarga qoʻshilib ozroq oʻynagan. Kaltaklanishga ham mana shu asos boʻlgan.
Voqeadan xabar topgan qizchaning ota-onasi Rossiyadan Oʻzbekistonga, mayit koʻmib boʻlingach yetib kelgan.
Hozirda “vasiy” qamoqqa olingani aytiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q