Jamiyat
Maʼlum boʻlishicha, 2024-yilning 12-fevralida Xalq deputatlari Arnasoy tumani kengashi qaror qabul qilgan.
Qaror “tuman mahalliy byudjetining yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan tuman hokimligiga xizmat avtomashinasi sotib olish uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisida” boʻlib, unga koʻra tuman hokimligiga 328 mln 700 ming soʻm Captiva 5 sotib olish uchun ajratilishi belgilangan.
Garchi tuman va shahar hokimlari uchun xizmat mashinasi sotib olish uchun BHMning 1000 barobarigacha mablagʻ ajratilishi belgilangan boʻlsa-da, deputatlar kengashining ushbu qaroriga Kengash boshligʻi sifatida tuman hokimining oʻzi qoʻl qoʻygan.
Qaror haqida xabar qilgan Kusherbayev unga oʻz munosabatini ham bildirgan:
“Hokimning tumandagi loy, toshloq va asfalt koʻrmagan yoʻllaridan qiynalmay yurishini oʻylab gʻamxoʻrlik qilgan deputatlarga shon-sharaflar boʻlsin!”
Oldinroq Angor tuman hokimiligi “Ayollar daftari” mablagʻlari hisobidan Captiva 5 sotib olgani haqida xabar berilgan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q