Jamiyat
Surxondaryo viloyatining Angor tumani hokimi “Ayollar daftari” mablagʻlari hisobidan Captiva 5 mashinasini sotib olgani aytilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat oʻrganilayotganini maʼlum qildi, deb xabar beradi Gazeta.uz.
Maʼlum boʻlishicha, hokimlik balansida boʻlgan 2018-yilda ishlab chiqarilgan Captiva (raqami 75 026 DAV) avtomobili 2022-yilning noyabr oyida YTHga uchragan va shu sababdan yaroqsiz holga kelgani maʼlum qilingan. Avtomobil 2023-yilning mart oyida auksionda 120 million soʻmga sotilgan.
2024-yilning fevral oyida esa hokim yangi avtomobil sotib olish uchun 349 mln soʻm ajratish toʻgʻrisidagi qaror imzolagan. Mazkur qaror asosida tuman hokimligi tomonidan 349,9 mln soʻmga Captiva 5 avtomashinasi xarid qilingan.
Ajablanarlisi, mazkur davlat xaridi manbai sifatida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi koʻrsatilgan.
Maʼlumotga koʻra, tuman hokimligining Majburiy ijro byurosi organlaridagi umumiy qarzdorligi 1,4 mlrd soʻmni tashkil etadi.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
110629
Jamiyat
94417
Jamiyat
90307
Jamiyat
74087
Jamiyat
//
Izoh yo‘q