Yil boshida bolasiga shafqatsizlik qilgan ota 10 sutkaga qamaldi

Saqlash
14:28 / 13.03.2024 1814 0

Voqea haqida oldinroq xabar bergan edik. Unda ota oʻz bolasini ayovsiz kaltaklagani aytilgan edi.

 

Endilikda Bolalar ombudsmani tomonidan bola manfaatlarini hisobga olgan holda mazkur holat oʻrganilgan.

 

Maʼlumotlarning yanada aniq boʻlishicha, 1981-yilda tugʻilgan A.E. shu yilning 5-yanvar kuni 2019-yilda tugʻilgan oʻgʻli B.K. uni aytganini qilmagani uchun jahli chiqib, qoʻpol soʻzlar bilan haqoratlab, urgan.

 

Shuningdek, shu kunning oʻzida A.E. turmush oʻrtogʻi F.M. ning shaʼni va qadr-qimmatini tahqirlab, qoʻrqitib, unga nisbatan oilaviy zoʻravonlik oʻtkazgan.

 

Xabarga koʻra, Termiz shahri Jinoyat ishlari boʻyicha sudning 1-fevraldagi qarori bilan A.E. ga MJtKning 41-moddasi (Haqorat qilish) bilan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari miqdorida jarima jazosi hamda MJtK 59 (2)-moddasining 1-qismi (Oilaviy zoʻravonlik) bilan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 243
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 56
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 91
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//