Bosh prokuratura yosh bolasiga shafqatsizlik qilgan ota yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi

Saqlash
21:27 / 31.01.2024 781 0

Xabaringiz bor, kunikecha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video bo‘yicha xabar joylangan edi.

 

Bugun, 31-yanvar kuni Bosh prokuratura ushbu videoxabarga o‘z rasmiy munosabatini bildirdi.

 

Munosabatda aytilishicha, voqea joriy yilning 28-yanvarida bo‘lib o‘tgan. Unda Termiz shahrining “Temiryo‘lchi” mahallasida yashovchi 42 yoshli erkak o‘z yashash uyida 4 yoshli o‘g‘lini har kuni do‘konga olib borishi hamda turli xil shirinlik va o‘yinchoqlar olib berishini so‘raganligi uchun qo‘pol so‘zlar bilan haqorat qilib, yengil tan jarohati yetkazgan.

 

"Mazkur holat yuzasidan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 41 (Haqorat qilish) va 59-2 (Oilaviy (maishiy) zo‘ravonlik) moddalari bilan hujjatlar rasmiylashtirilishi va to‘plangan hujjatlar sudga yuborilishi taʼminlandi", - deyiladi Bosh prokuratura munosabatida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//