Rivojlangan mamlakatlarga qaraganda bizda oʻqituvchilarning soni koʻp

Saqlash
15:31 / 07.03.2024 2454 0

Maʼlumotlarga koʻra, 2022-2023 oʻquv yilida umumtaʼlim oʻqituvchilari soni 521 ming (oʻrindoshlarsiz) nafardan oshgan. Oʻquvchilar soni esa deyarli 6,5 million nafarni tashkil etgan.

 

Agar hisob-kitob qilinadigan boʻlsa, umumtaʼlim maktablarimizda har bir oʻqituvchiga 12,4 nafar oʻquvchidan toʻgʻri keladi.

 

Bu esa rivojlangan davlatlarga qaraganda oʻqituvchilar soni koʻpligini anglatadi. Masalan, AQShda har bir oʻqituvchiga 14 nafardan, Kanada va Rossiyada 19 nafardan oʻquvchi toʻgʻri keladi. Aholisi 1 mlrd. dan ziyod Xitoyda esa har 1 nafar oʻqituvchiga 15 nafar oʻquvchi tegadi.

 

Germaniyada bu koʻrsatgich bizga nisbatan yaqinroq(13 nafardan oʻquvchi), ammo aholi jihatidan solishtirganda, bizda bari bir koʻp.

 

Aytaylik, Germaniya aholisi taxminan 80 million atrofida. Bu esa bizning aholidan 2 barobar ziyod degani.

 

“Demak, Oʻzbekiston maktablarida oʻqituvchilar bilan taʼminlanish darajasi rivojlangan mamlakatlar qatorida, lekin shunga qaramay taʼlim sifati ancha past”, – deyiladi xabarda.



Oldinroq respublikamizda 1 600 dan ziyod maktab abgor ahvolda ekanligi haqida xabar bergan edik.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//