Jamiyat
Jamiyat
Respublikada faoliyat yuritayotgan umumtaʼlim maktablarining 15,9 foizi (1658 ta) kapital taʼmirga muhtoj. Bu haqida Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti maʼlum qildi.
Maʼlum boʻlishicha, ularning 63 foizi qishloq hududlarida foliyat yuritadi.
Bunday taʼmirtalab maktablar Buxoro viloyatidan boshqa barcha hududlardan topiladi. Ushbu maktablarning katta qismi Toshkent (219 ta), Surxondaryo (209 ta) va Qashqadaryo (204 ta) viloyatlarida uchraydi.
Maktablarning 4,3 foizi (451 ta) achinarli holatda va ularning ham katta qismi, yaʼni 60,7 foizi qishloq joylarga toʻgʻri keladi. Avariya holatidagi maktablarning asosiy qismi esa Qashqadaryo (101 ta) viloyatida joylashgan.
Maʼlumot uchun, 2022-2023 oʻquv yilidagi maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda 10 522 ta umumtaʼlim maktabi faoliyat yuritadi va ularning 194 tasi xususiydir.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q