Jamiyat
Abror Abduazimov 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosini 13 sutkada yakunlagan.
Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Abidovning soʻzlariga koʻra, Abduazimovga nisbatan jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudining 2024-yil 6-fevraldagi qarori bilan tayinlangan maʼmuriy qamoq jazosi muddati Oliy sud Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati taftish instansiyasining 2024-yil 20-fevraldagi qaroriga muvofiq oʻzgartirilib, ozodlikka chiqarilgan.
Unga nisbatan 15 sutkalik maʼmuriy qamoq tayinlanishiga 6-fevral kuni Shayxontohur tuman hokimligida yuz bergan holat sabab boʻlgan. Oʻsha kuni Abduazimov sherigi Xusrav Nasrullayev bilan birga hokimiyatga borib, baqir-chaqir qilib, janjal koʻtargan. Ularning oʻzaro janjaliga aniqlik kiritish maqsadida kelgan militsiya xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan. Ularga boʻysunmasdan, ommani oʻziga jalb qilgan. Shuningdek, sud qarorida Abduazimov IIO xodimlariga nisbatan soxta uydirmalarni tarqatgani ham aytilgan.
Sud majlisida har ikki huquqbuzar jahl ustida janjal koʻtarganini va IIO xodimlari talablarini bajarmaganini tan olib, qilmishidan pushaymonligini, bu kabi holat boshqa takrorlanmasligini bildirib, suddan yengillik berishni soʻragan.
Shundan soʻng, Abror Abduazimov va Xusrav Nasrullayev Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 194-, 195-moddalari bilan aybli deb topilgan va 15 sutkadan qamoq hamda BHMning 1 baravari, yaʼni 340 ming soʻm miqdorida jarima jazosi tayinlangan edi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q