Jamiyat
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “ziyo_ulash” chellenji boshlangan edi. Loyihadan maqsad yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, mutolaaga boʻlgan qiziqishni oshirish va intellektual salohiyatga intilishni qoʻllab-quvvatlashdir.
Maʼlumot uchun, mazkur aksiyaga Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi hamda Notarial palata ham qoʻshilgan.
Ayni kunlarda ana shunday xayrli ishlar oʻzining avj pallasida. Jumladan, “14 fevral -Xalqaro kitob hadya qilish kuni” munosabati bilan kuni kecha 34 ta mahallada yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etildi.
Ushbu ilm dargohlariga 6,7 mingdan ziyod Prezident asarlari, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari, bolalar va huquqiy adabiyotlar, 26 ta kompyuter va 451 ta mebel jihozlari sovgʻa qilindi.
Shu bilan birga, 40 ming kitobni oʻzida jamlagan elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati ham yaratildi.
Kelgusida aksiya doirasida yana 108 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilish rejalashtirilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q