Jamiyat
Bugun, 9-fevral kuni Alisher Navoiyning 583-yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi yana bir maʼrifiy tashabbusni boshladi. Vazirlik respublika boʻyicha tuman va shaharlardagi 4-sektorda joylashgan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etish loyihasiga start berdi.
Loyihadan maqsad yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, mutolaaga boʻlgan qiziqishni oshirish va intellektual salohiyatga intilishni qoʻllab-quvvatlashdir.
Vazirlik maʼlumotiga koʻra, aksiya doirasida Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 100 turdan ortiq kitob toʻplamlari mahallalarga yuborilgan. Tizimdagi rahbar va xodimlar ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlagan.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Sirdaryo viloyatiga xizmat safari davomida Yangiyer shahridagi “Navroʻzobod” mahallasida kutubxona ochilishi tadbirida qatnashib, jamoasi nomidan “ziyo_ulash” chellenji doirasida mahallaga 500 dan ortiq kitoblar sovgʻa qildi. Tadbirda taniqli shoir va yozuvchilar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.
Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Kitoblar bilan birga zamonaviy va qulay mebel jihozlari, kitob javonlari, kompyuter jamlanmalari taqdim etilgan.
“Nogironligi boʻlgan shaxslar uchun vazirlik tomonidan elektron kutubxona ham sovgʻa qilindi. Unda barcha kitoblarning elektron va audio shakllari jamlangan.
Ushbu loyiha doirasidagi ishlar boshqa hududlarda ham davom ettiriladi.
Adliya organlari va muassasalari xodimlari yangi anʼanani boshlab berdi, uni xohlagan kishi davom ettirishi mumkin. Siz ham mahallangizga ziyo ulashib, kutubxonalar tashkil qilishga oʻz hissangizni qoʻshing”, deyiladi vazirlik xabarida.
Adliya vazirligi barcha oʻzbekistonliklarni “ziyo_ulash” chellenjida ishtirok etishga chorlamoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
1 Izoh
To'raboyeva Gulnoza
20:02 / 09.02.2024
Bizni mahallamizdagi maktabga ham shunday zamonaviy kutubxona kerak.Ham o'quvchilar hamda mahalla yoshlari foydalanardi.