Siyosat
Avvalroq, “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolanshagi haqida xabar bergan edik.
Ushbu Farmon bilan 2024-yil 1-martdan boshlab qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn-auksion savdolarini joriy etish belgilanmoqda. Bunda:
– ijara muddati – 30-yil, boshlangʻich narx – yer uchastkasining normativ qiymati miqdorida belgilanadi;
– auksion gʻoliblariga yer narxini 3-yilga, “daftarlar”da turgan fuqarolarga esa – 5-yilga foizsiz boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat beriladi;
– auksiondan tushgan mablagʻlar xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin, tegishli tuman mahalliy byudjetiga oʻtkaziladi.
Shu bilan birga, Qishloq xoʻjaligi vazirligiga tegishli tashkilotlar bilan birgalikda 2024-yil 1-martga qadar ushbu Farmonning 1-ilovasida qayd etilgan 15 626 gektar, shuningdek ochiq elektron tanlovga chiqarilib, gʻolib aniqlanmagan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini 2024-yil 1-martdan boshlab avtomatik ravishda elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarilishini taʼminlash toshirilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q